Lavrov Slovakiyadan Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborilishiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri mamlakat diplomatlarini Slovakiyadan chiqarib yuborilishini izohlar ekan, gap Slovakiyaning o‘zida emasligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatlarini Slovakiyadan chiqarib yuborilishini izohlar ekan, gap Slovakiyaning o‘zida emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Menimcha, gap Slovakiyaning o‘zida emas, garchi siz Slovakiya suveren davlat degan iborani keltirgan bo‘lsangiz ham. Men bugun to‘satdan AQSh davlat departamentining rasmiy vakili (Morgan - tahr.) Ortagus xonim Slovakiya hukumatining Rossiya diplomatlari chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaroriga ijobiy baho berganini o‘qidim. Menimcha, boshqa hech qaysi chet davlati vakillari bu vaziyatni bunday tusda izohlamagan. Shuning uchun, suveren Slovakiya Rossiyaning uch diplomatini chiqarib yuborishi bo‘yicha bunday qaror qabul qilishiga kimning aloqasi borligi va kim manfaatdor bo‘lishiga xulosa qilishingiz mumkin", - dedi u Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan muzokaralari natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Chexiyaning ikki diplomatini chiqarib yubormoqda

Dushanba kuni Slovakiya TIV harakatlari diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lganligi sababli Rossiyaning uch diplomatini respublikadan chiqarib yuborilayotganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Slovakiya TIV matbuot kotibi Yuray Tomaganing RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, Slovakiyaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligida berilayotgan vizalarda suiiste’molga yo‘l qo‘yilgan va bu orqali NATO va YeI a’zosi bo‘lmagan davlat hududida jinoyat sodir etilgan. Bu holatda gap nima haqida ketayotganligiga u aniqlik kiritmagan.

Rossiyaning Bratislavadagi elchixonasi vakili Vladislav Kulikov RIA Novostiga elchixona bu ma’lumotlarga izoh bermayotganligini ma’lum qilib, izoh uchun Slovakiyaning tegishli vakolatli organlariga murojaat qilishni maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0