Belarusda namoyishchilar va OMON o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi - video

© AFP / SERGEI GAPONPara na skutere pered OMONom vo vremya aksii protesta posle zakritiya izbiratelnix uchastkov na prezidentskix viborax v Belarusi
Para na skutere pered OMONom vo vremya aksii protesta posle zakritiya izbiratelnix uchastkov na prezidentskix viborax v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Belarus poytaxtida va bir qator viloyat markazlarida tartibsizliklar yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qo‘lladi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘tgan tunda Belarusda qator tartibsizliklar yuz berdi.

Vibori prezidenta Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarus prezidenti saylovlari: milliy ekzitpol natijalari e’lon qilindi

Minskda exit poll’ning birinchi natijalari e’lon qilingandan so‘ng oppozitsion yetakchilar chaqiruviga binoan aholi  “ovozlarni sanash jarayonini nazorat qilish uchun” saylov uchastkalariga kelishni boshladi.

Saylov uchastkalari yopilishidan oldin ham, politsiya kuchlari Mustaqillik saroyi, prezident qarorgohi yaqinida o‘rnatilgan stela oldida to‘plana boshlagan edi.

Soat 22larda Minsk markazidagi G‘alaba maydonida namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy namoyish qo‘lga olishni boshladilar. O‘sha vaqtda mingga yaqin odam to‘plangandi.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qo‘lladi. Namoyishchilari politsiya tomon fayer yondirib uloqtirishdi.

Minsk ko‘chalarida turli portlash ovozlari eshitildi. Namoyishchilar to‘plangan joylarga tashlangan militsiya ularni kuch bilan tinchitishga urindi.

Bir nechta namoyishchi va jurnalist jarohat oldi.

Politsiya yuk mashinasi namoyishchi ustiga harakatlandi

Minsk markazida politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus mashinalardan foydalandi. Bir necha kishi, ulardan biri jiddiy jarohat oldi.

Tarqalgan videolardan birida yuk mashinasi namoyishchilar ustiga harakatlangani va bir kishi unga yopishib olgani, keyin esa yerga yiqilgani ko‘ringan.

Belarusning boshqa viloyatlarda ham notinch edi. Vitebsk markazidagi Lenin maydonida ham namoyishchilarni qo‘lga olindi. Maydon yaqinidagi ko‘chalar to‘sib qo‘yildi.

Brest, Grondo markazida ham namoyish aksiyalariga to‘plangan kishilar OMON kuchlari tomonidan tarqatildi, qo‘lga olinganlar bor. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizdiruvchi gaz qo‘lladi.

Ayni vaqtda Minsk markazi namoyishchilardan bo‘shab qoldi. Ko‘chalarda maxsus texnika, OMON kuchlari qolmoqda. Ko‘chalarda qolgan namoyishchilar ushlanmoqda.

Respublika Tergov qo‘mitasi xabar berishicha, tartibsizliklar va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Tartibsizliklar tashkilotchilari va ishtirokchilari 8-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0