Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo + Yaponiya” videokonferensiyasida ishtirok etadi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yaponiya TIV rahbarlari majlisda chog‘ida koronavirus qarshi birgalikda kurashishda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishadi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.

Yaponskie mobilnie polikliniki nachnut rabotat v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik tibbiy asbob-uskuna yetkazib beradi

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlis 2020-yil 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda, shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi, Qirg‘iziston Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston TIV rahbarlari qatnashadi.

Majlisda chog‘ida joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari hamda pandemiya sharoitida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0