O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 30 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta
Meditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 279 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 30 197 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati tun davomida aniqlangan koronavirus bo‘yicha poytaxtni ortda qoldirdi

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 190 nafarni tashkid etmoqda.

Shu paytga qadar 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0