Endi kontrakt to‘lay olmagan talaba o‘qishdan chetlatilmasligi mumkin

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda kontraktni to‘lay olmamagan talaba o‘qishdan chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi mumkin.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda endi kontrakt to‘lay olmagan talaba o‘qishdan chetlatilmasligi mumkin. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ma’lum qildi.

Studenti sdayut vstupitelniy ekzamen v universitet - Sputnik O‘zbekiston
OTMga test sinovlari 2 soat davom etadi - DTM

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, agar talabaning kontraktni to‘lashga qurbi yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqadi. Keyin shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasini ko‘radi.

“Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi", - dedi u.

Majidov bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilishini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, vazir 2020-2021-o‘quv yilida kontrakt to‘lovi miqdori o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0