Buxorodagi 7ta madaniy obyekt YuNESKO umumjahon merosi ro‘yxatini to‘ldirishi kutilmoqda

© Goskomturizm UzbekistanaSyemka dostoprimechatelnostey Buxari s visoti ptichyego poleta
Syemka dostoprimechatelnostey Buxari s visoti ptichyego poleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YuNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar sonining ortishi respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko‘payishiga olib kelishiga ishonamiz, deyiladi madaniyat vazirligi xabarida

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoro viloyatidagi yana 7 ta madaniy meros obyektlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha nomzodlik hujjatlari tayyorlandi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati.

Uzbekskiy natsionalniy tanes - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmning Lazgisi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi

"Madaniyat vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda "Ipak yo‘li: Zarafshon darosi va Qayroqum yo‘nalishi" (O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura obyektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YuNESKOning Umumjaxon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha, xalqaro mezonlarga asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda", - deyiladi xabarda. 

YuNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar sonining ortishi respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko‘payishiga olib kelishiga ishonamiz, deyiladi madaniyat vazirligi xabarida.

O‘zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNESKOga 1993-yilda a’zo bo‘lib, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya 1995 yilning 22-dekabrida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konvensiya doirasida Xiva shahridagi "Ichan-qal’a", "Samarqand – madaniyatlar chorrahasi" obyekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0