TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Livan poytaxti Beyrut markazida parlament binosi oldida namoyishchilar va politsiyachilar ishtirokida ommaviy to‘qnashuvlar boshlandi. Tartibsizliklar davomida ko‘z yoshi keltiruvchi gaz va toshlardan foydalanilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti muxbiri hodisa joyidan.
Xabarga ko‘ra, 16.00 da hukumatga qarshi miting boshlangan. U darhol tartibsizliklarga aylanib ketgan.
Muxbir so‘zlariga ko‘ra, huquq tartibot xodimlari odamlarni parlament binosidan uzoqlashtirish uchun ko‘z yoshi keltiruvchi gazlardan foydalanishmoqda. Miting ishtirokchilari bunga javoban ularni toshbo‘ron qilmoqda.
Huquq tartibot organlari vakillari xalq bosimi hamda toshbo‘ron tufayli ortga chekinmoqda. Hududga qo‘shimcha kuchlar jalb etilayapti.
Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxti Beyrut shahrida 4-avgust kuni kechki vaqt dahshatli portlash yuz berdi. Livan Bosh vaziri Xassan Diabga ko‘ra, portlash Beyrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi tufayli yuz bergan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 154 kishi portlash qurboniga aylangan, 60dan ziyod odam bedarak yo‘qolgan. Minglab odamlar jarohatlangan. Beyrut gubernatori Marvan Abbud portlash oqibatida shahar 15 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan edi.