TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov 6-avgust kuni Belarusning Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini, shuningdek, "Belarusda ishlab chiqarilgan" milliy mahsulotlar ko‘rgazmasini 2020-yil kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.