Germaniya TIV AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi tahdidlariga javob berdi

© Nord Stream 2 / Mediabankka o‘tishPodgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive
Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Annen shuningdek, Germaniya "Yevropa suverenitetini mustahkamlash uchun" Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligidan foydalanishini ma’lum qildi hamda Yevropa bunday shantajga yon bermasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. GFR TIV davlat vaziri Nils Annen Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida "Shimoliy oqim-2" tufayli Germaniyaning Zasnis shahridagi port rahbariyatiga sanksiyalar bilan tahdid qilgan amerikalik senatorlarni qattiq tanqid qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sudno-truboukladchik Akademik Cherskiy - Sputnik O‘zbekiston
Daniya “Gazprom”ga “Shimoliy oqim-2”ni qurishni qayta boshlashga ruxsat berdi

Avvalroq, AQSh uch senatori tomonidan Sassnitz GmbH porti operatori nomiga yuborgan maktubi RIA Novosti tasarrufiga kelib tushgan edi. Unda AQSh hukumati tomonidan quvur qurilishida ishtirok etayotgan kompaniyalarga qarshi tayyorlanayotgan sanksiyalar haqida gap boradi. Xususan murojaatda, agar ish davom ettirilsa, Zasnis portini "moliyaviy halokat" kutayotgani aytilgan.

"AQShning yaqin sheriklar va ittifoqchilarga nisbatan eksterritorial (o‘z hududidan tashqarida qo‘llaniladigan-tahr.) sanksiyalari siyosati milliy suverenitetimizga jiddiy tajovuzdir", - deydi Annen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xatning nemis kompaniyalariga tahdid soluvchi mazmuni va ohangi mutlaqo noo‘rindir.

"Biz amerikalik hamkorlarimizga kompaniyalarimizga tazyiq o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasligimizni yetkazdik", - dedi davlat vaziri. U Germaniya va Yevropaning energetika siyosati "Vashingtonda emas, balki Berlin va Brusselda" belgilanishini ta’kidladi.

Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim 2”ga qarshi birlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi

Annen shuningdek, Germaniya "Yevropa suverenitetini mustahkamlash uchun" Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligidan foydalanishini ma’lum qildi hamda Yevropa bunday shantajga yon bermasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Shimoliy oqim-2"

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiyadan Germaniyaga Baltika dengizining tubi bo‘ylab ikkita gaz quvuri yotqizilishini ko‘zda tutadi.

Berlin va Vena Rossiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki ular yoqilg‘ining barqaror yetkazib berilishidan manfaatdor. Shuningdek, Norvegiya ham quvurni yotqizish tarafdoridir, uning hukumati qurilish pudratchilaridan biri bo‘lgan Kvaerner kompaniyasining 30 foiz aksiyalariga egalik qiladi.

Ammo shu bilan birga, o‘z manfaatlarini ko‘zlab Litva, Latviya, Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”-ga qarshi chiqishmoqda. Loyihani, shuningdek, Yevropaga o‘z suyultirilgan gazini yetkazib berishni rejalashtirayotgan AQSh ham tanqid qilmoqda.

O‘tgan yil oxirida AQSh mudofaa budjetini qabul qildi, unga “Shimoliy oqim-2” qurilishida ishtirok etgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritilgan. Natijada, loyiha to‘xtab qoldi: Shveysariyaning quvurlarni yotqizish bilan shug‘ullangan Allseas kompaniyasi darhol ishini to‘xtatdi. Gazpromda qurilishni mustaqil ravishda yakunlash mumkinligi bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0