Rossiya FVV qutqaruvchilarini Beyrutga yubordi

© MChS RFSamolet IL-76 MChS RF s rossiyskoy pomoshyu v aeroportu Beyruta
Samolet IL-76 MChS RF s rossiyskoy pomoshyu v aeroportu Beyruta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FVV portlash oqibatida jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Beyrutga 150 nafar qutqaruvchilarini yuboradi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Rossiya portlash oqibatida jarblanganlarga yordam berish maqsadida FVV qutqaruvchilarini Beyrutga yubormoqda.

Posledstviya vzriva v Beyrute - Sputnik O‘zbekiston
Beyrutdagi kuchli portlashning sababi aniqlandi

Ayni vaqtda aeromobil gospital yuklangan uchinchi samolyot Beyrutga qo‘ndi. Portlash yuz bergan shaharga shifokor va qutqaruvchilar yetib keldi.

Kuni kecha Rossiya FVV 5 ta samolyot yuborilishi haqida xabar berilgandi. Livan poytaxtiga “Sentrospas” otradi qutqaruvchilari, psixologlar va Rospotrebnadzor COVID-19 infeksiyasini aniqlash laboratoriya yuboriladi. Umumiy hisobda 150 nafarga yaqin mutaxassis yuboriladi. Barcha mutaxassislar COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda zarar himoya vositalari bilan ta’minlanadi.

Seshanba kuni kechqurun Beyrut portida kuchli portlash yuz berdi. Hukumat 6-yil davomida noto‘g‘ri saqlangan 2,7 ming tonna ammiak selitra portlash sababini keltirgan - shahar binolarining yarmi shikastlandi, kasalxonalar jarohatlanganlar bilan to‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 135 kishi halok bo‘ldi, 5 mingga yaqin kishi jarohatlandi, ko‘plari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0