OTMlarga test sinovlari stadionlarda o‘tkaziladigan bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStadion Bunedkor
Stadion Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, imtihonlar kuniga havo salqin paytda 2-marta o‘tkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil peresmotret sistemu visshego obrazovaniya v strane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mamlakat oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-avgust kuni joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bunda imtihonlar kuniga 2-marta (havo salqin paytda) o‘tkazilsa, barchasini taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkin.

Joriy yilda mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat bosqichiga 162 364, magistraturaga 10 425 o‘rin ajratilgan.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Karantin qachon tugasa, test o‘shanda o‘tkaziladi - DTM

Bu yil 91 ta OTMga bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 1 million 484 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 39 foiz ko‘p. Bitta o‘ringa 10,6 ta talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

Magistratura yo‘nalishida 72 ta ta’lim dargohiga 78 ming 720 nafar yoki o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko‘p hujjat topshirilgan. Umuman, qabul kvotalari 2016-yilgiga nisbatan 3 marotaba ortgan.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokatsiyasi bo‘yicha abituriyentlarni to‘liq xabardor qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi, deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0