“Milliy tiklanish” tonirovkani bepul qilishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Partiya tomonidan Vazirlar mahkamasiga avtomobillarning oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma va to‘lovlarni bekor qilish to‘g‘risida taklif yo‘llandi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekistonda avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish (tonirovka) uchun belgilangan to‘lovlarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xalq deputatlari Kengashi deputati Jahongir Ziyayevning partiya saytida e’lon qilingan murojaatida ta’kidlanishicha, ruxsatnomaning qimmatligi sababli 2019-yil statistikasiga ko‘ra, qoraytirilgan oynaga ruxsat berilgan mashinalar soni 0,1% dan kam bo‘lgan.

“Tonirovka” uchun yangi narxlar - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun yangi narxlar

“O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish hamda mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra fuqarolarning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan teri saratoni kasaliga chalinishlarining oldini olish, avtomobil konditsionerlarini kamroq ishlatilishiga va buning natijasida yonilg‘i kamroq sarflanib, atrof-muhitga zararli moddalarning kamroq chiqishiga, pirovardida ekologiyani asrashga erishish maqsadida avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish uchun belgilangan to‘lovlarni bekor qilish, zarur deb hisoblaydi”, - deya yozgan deputat.

Partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va partiyaning Mirzo Ulug‘bek viloyatidagi xalq deputatlari Kengashidagi deputatlik guruhi hukumat qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Hukumatga tonirovka narxini pasaytirish taklifi bilan chiqishgan edi.

Ayni damda O‘zbekistonda tonirovka uchun yillik to‘lov 11 mln 150 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0