TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Go‘sht bo‘lagi taxtakachda qimirlashi aks etgan video Twitter foydalanuvchilarini shok holatiga soldi.
Malaziyalik Yo!Artist nikli foydalanuvchi videoni tarmoqqa joylashtirdi. Ayol yozishicha, uning onasi go‘shtni pishirmoqchi bo‘lgan edi, ammo u tomir urishni boshladi. Ayol qo‘rqib ketdi va taom pishirish fikridan qaytdi.
GUYS KENAPA DAGING KORBAN NI GERAKKKKKK
— Yo! Artist (@tterororo) July 31, 2020
Mak aku taknak masak sebab takut 😂 pic.twitter.com/XRma8VIUqH
Videoni ko‘rgan ko‘pchilik foydalanuvchilar chindan ham dahshatga tushganini tan oldi.
Boshqalar esa “bu yerda qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q – yangi xom go‘shtda nerv to‘qimalari ma’lum vaqt davomida qimirlashni davom etadi”, - deb izoh yozishdi.
Video rolik 950 ming marta tomosha qilinib, 13 mingga yaqin izoh to‘pladi.