Bog‘chalar faoliyatini tiklashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda – vazirlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bog‘chalar faoliyati tiklanishi bolalarni normal maishiy hayot, o‘yinlar va ta’lim jarayoniga qaytishiga yordam beradi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bog‘chalar faoliyati tiklanishi bolalarni normal maishiy hayot, o‘yinlar va ta’lim jarayoniga qaytishiga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan taqiq choralarini hisobga olgan holda, qo‘shimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Ammo bolalar o‘rtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashg‘ulotlari va rivojlantiruvchi o‘yinlariga xalaqit bermasligi lozim.

Vazirlik BMT Bolalar jamg‘armasining ko‘magida pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. 

Yangiliklar lentasi
0