TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. “Ufa”ning oʻzbekistonlik yarim himoyachisi Oston Oʻrunov rasman Moskvaning “Spartak” klubi oʻyinchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Spartak-Moskva” FK “Ufa” bilan yarim himoyachi Oston Oʻrunovning oʻtish shartlarini kelishib oldi. 19 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi klubimiz bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. <...> Oʻrunov qizil-oqlar sharafini 20 raqam ostida himoya qiladi”, - deyilgan xabarda.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Avvalroq Oʻrunovning “Ufa”dan 2 million yevro evaziga “Spartak” klubiga oʻtishi, Moskva klubida yillik 600 ming yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.