Tojikistonlik mashhur gey-bloger jasadi Sankt-Peterburgda bo‘g‘ilgan holatda topildi

Obuna bo‘lish
Yigitning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 3 mingdan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan va u LGBT-hamjamiyati a’zosi sanalgan

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Tojikistonlik Yegor Gromov niki ostida mashhur bo‘lgan TikTok-bloger Sankt-Peterburda bo‘g‘ib ketilgan holatda topildi. Bu haqda Nevskie novosti nashri xabar bermoqda.

LGBT-hamjamiyati a’zosi bo‘lgan 22 yashar yigitchaning shaxsiy hayotini 3 mingdan ziyod kuzatuvchilar kuzatib borishgan. Ikkinchi avgust kuni tong sahar uning jonsiz tanasi Sankt-Peterburgdagi Marshal Kazakov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy xonadonida topilgan.

Soat 12da politsiyaga 45 yashar erkakdan xabar kelib tushgan, u o‘z xonadonida tanishining jasadini aniqlaganini aytgan.

Erkak tomonidan berilgan manzil bo‘yicha huquqni muhofaza qilish vakillari yetib kelishgach, yosh bloger o‘limida qotillik alomatlarini ko‘rishgan. Yigitning butun yuzi qontalash bo‘lgan, bo‘ynida esa bo‘g‘ilganligidan dalolat beruvchi izlar aniqlangan.

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, Gromov asfiksiyadan o‘lgan.

Yegor Gromov – bu yigitning ijtimoiy tarmoqlardagi niki. Uning o‘zi asli tojikistonlik bo‘lib, mashhurlikka erishish uchun ismini o‘zgartirgan. O‘zining TikTokida yosh yigit qo‘shiq kulashi, raqs tushishi aks etgan videolarni joylab borgan.

Natijada xonadon egasi - politsiyaga murojaat etgan erkakning o‘zi jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Hozircha jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. Tergovchilar o‘lim sabablari va real holatni aniqlash uchun tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0