Musiqa to‘g‘ri miyaga translyatsiya qilinadi - Ilon Mask yangi ixtirosi haqida

© REUTERS / Steve NesiusOsnovatel SpaceX Ilon Mask posle zapuska raketi Falcon 9
Osnovatel SpaceX  Ilon Mask posle zapuska raketi Falcon 9 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiplarni maxsus robot joylaydi. Ular odamning kayfiyatini o‘zgartirishga, shuningdek harakatsiz odamlarga yurish imkoniyatini beradi, deydi ixtirochi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. SpaceX kompaniyasi rahbari va Tesla bosh direktori Ilon Mask uning startapi ishlab chiqayotgan miya chiplari imkoniyatlari haqida gapirdi, deb xabar qildi "Izvestiya" nashri.

Las-Vegaz kazino-otelda raqqosa himoya niqobida. 04.06.20 - Sputnik O‘zbekiston
Ilon Mask, laylak va namoyishchilar – hafta suratlari

Maskning so‘zlariga ko‘ra, komputer va inson miyasi o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatish - loyihaning asosiy maqsadi sanaladi. Ushbu texnologiya tufayli musiqani to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga translyatsiya qilish va inson gormonlari darajasini tartibga solish mumkin bo‘ladi. Chip havotirdan xalos bo‘lishga yoki fikrlarni jamlashga imkon beradi. Qurilma tanada oksitotsin (ayollarning sog‘lig‘iga ta’sir qiladi), serotonin (kayfiyat uchun ma’sul) va boshqa kimoviy moddalar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Mask ixtiro yordamida miyasi shikastlangan odamlar oyoq-qo‘l harakatchanligini tiklay olishini alohida ta’kidladi.

2019 yil iyul oyida ixtirochi inson miyasini kompyuterga bevosita ulash usuli ishlab chiqilayotgani haqida gapirgan edi. Kompaniya qalinligi 4-6 mikrometrga teng, igna yordamida o‘rnatiladigan egiluvchan "ipaklarni" yaratdi. Ularni miyaga xavfsiz yetkazish uchun kompaniya neyroxirurgik robotni yaratdi. Tizimni smartfon yordamida boshqarish mumkin bo‘ladi. Texnologiya sinovlarini amalga oshirish uchun AQSh oziq-ovqat va dori vositalari nazorati Boshqarmasi roziligi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0