Xorazmda xotini bor erkak bilan uchrashgan qiz “samosud” qilindi

Obuna bo‘lish
26 yoshli erkak o‘zining 20 yoshli ayol tanishi bilan uchrashgan. Buni ko‘rib qolgan erkakning turmush o‘rtog‘ining dugonalari qizni do‘pposlashdi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazm viloyati Gurlan tumanida ro‘y bergan “samosud” aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 24-iyul kuni 26 yoshli erkak o‘zining tanishi 20 yoshli (ayol) bilan uchrashgan. Buni erkakning turmush o‘rtog‘ining dugonalari ko‘rib qolib, unga xabar berishgan.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB internetda keng tarqalgan “Qo‘yliq” bozoridagi “samosud”ga izoh berdi

So‘ngra dugonalar o‘sha qizni turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, duch kelgan joyiga urib tepishgan.

Janjalni dugonalardan biri videotasvirga olib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergov departamenti fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarda o‘zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o‘zlari jazolashga urinmaslikni, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0