TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbek kinosining atoqli rejissori hamda ssenarist Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
U “Temir xotin”, “Shaytanat”, “Katta oyi”, “Ayollar saltanati” kabi filmlar ssenariysi muallifi edi.
Mahmud To‘ychiyev 1951-yil 26-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980-yil Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning ssenariy bo‘limini tugatgan.
Sputnik tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya etadi.