Kolumnistlar

SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka oʻtishLitsevaya storona zolotoy medali XXII Olimpiyskix igr 1980 goda
Litsevaya storona zolotoy medali XXII Olimpiyskix igr 1980 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Olimpiada-80da sovrinli oʻrinlarni egallaganliklari uchun sovet sportchilari qanday mukofot olishgan va pullarini nimaga sarflaganlari - Sputnik materialida.

TOSHKENT, 3 avg - Sputnik, Maksim Ognennыy, Lev Rыjkov, Aleksey Stefanov. SSSR sportchilari Moskva Olimpiadasi-80da yuqori natijalarga erishgani uchun turli mukofotlardan keyin ham munosib pullarni olishgan. Sportchilar mashinalar sotib oldi, taʼmirlash ishlarini olib bordi, kimdir esa mukofotni ota-onalariga berdi.

Daromad soligʻi toʻlovi bilan

Davlat Moskva Olimpiadasida medalni qoʻlga kiritgan sovet sport qahramonlarini qanday ragʻbatlantirdi?

Mashhur chavandoz, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, ikkita Olimpiya medallari sovrindori Viktor Ugryumov narxlarni eslaydi.

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka oʻtishPrizerы sorevnovaniy po vыezdke na Bolshoy priz v lichnom pervenstve (sleva napravo): Yuriy Kovshov (SSSR) - "serebro", Elizabet Toyrer (Avstriya) - "zoloto", Viktor Ugryumov (SSSR) - "bronza". XXII letniye Olimpiyskiye igrы. Tsentralnыy stadion imeni V.I. Lenina (nыne stadion "Lujniki")
SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Prizerы sorevnovaniy po vыezdke na Bolshoy priz v lichnom pervenstve (sleva napravo): Yuriy Kovshov (SSSR) - "serebro", Elizabet Toyrer (Avstriya) - "zoloto", Viktor Ugryumov (SSSR) - "bronza". XXII letniye Olimpiyskiye igrы. Tsentralnыy stadion imeni V.I. Lenina (nыne stadion "Lujniki")

"1980 yildagi Olimpiya oʻyinlarida birinchi oʻrin uchun toʻlov 4 ming rublni, ikkinchi oʻrin uchun - 2 mingni, uchinchi oʻrin uchun - 1,5 mingni va shu tariqa oltinchi oʻringa ming rubl berishgan, - deydi Viktor Ugryumov. Jamoaviy hisobda "oltin"ni, yakka birinchilikda esa "bronza"ni qoʻlga kiritganim uchun jami 5,5 ming rubl oldim".

Medallar uchun mukofotlar "sof" holda emas, balki soliqlar va boshqa moddalarni, masalan, bolasizlik uchun ushlab qolingan holda berildi.

"Oltin" uchun 4 ming tshlashgan, undan daromad soligʻini ushlab qoʻlimizga 3600 yoki 3700 rubl – aniq esimda yoʻq- chiqardi, - deydi Moskva Olimpiya oʻyinlarida yettita medalga erishgan afsonaviy gimnast Aleksandr Dityatin. - Menda uchta "oltin" va toʻrtta "kumush" boʻlgan.

© Sputnik / Dmitriy Donskoy / Mediabankka oʻtishAleksandr Dityatin, absolyutnыy Olimpiyskiy chempion 1980 goda po sportivnoy gimnastike, vыpolnyayet uprajneniye na koltsax. XXII letniye Olimpiyskiye igrы
SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandr Dityatin, absolyutnыy Olimpiyskiy chempion 1980 goda po sportivnoy gimnastike, vыpolnyayet uprajneniye na koltsax. XXII letniye Olimpiyskiye igrы

Gimnastikachi yettita Olimpiya medallari uchun soliqdan keyingi aniq summasi esida yoʻq. Uning aytishicha, bu taxminan 20 ming rubl boʻlgan. Ammo shunga qaramay u koʻprogʻini kutgan.

"Oltin medal uchun bizga 10 mingdan vaʼda qilishgan, shuning uchun kutilgan va haqiqatdagi mablagʻlar farqlar yaqqol", - deya qoʻshimcha qiladi sportchi.

Sportchi Moskvadan qancha uzoq yashagan boʻlsa, ushlab qolish shuncha koʻp boʻlgan. Oʻtkazmalar uchun katta miqdorda mablagʻlar ushlab qolinardi. Shu nuqtai nazardan, sobiq SSSR respublikalari sportchilariga omad uncha kulib boqmadi.

"Oʻsha paytda menga mukofot medali uchun uch ming rubldan koʻproq pul toʻlashdi, - deb eslaydi Olimpiada-80 sovrindori Larisa Savkina. - Va shuningdek, Moskvadan men yashagan Ozarbayjonga oʻtkazayotganda ham ulardan kattagina foiz ushlanib qoldi. Yaʼni, oʻsha paytga bu kichik xam emas edi, ammo zamonaviy olimpiyachilar oladiganicha koʻp emas".

Oʻzbekistonga joʻnatish uchun gonorarning taxminan beshdan bir qismi ushlanib qolingan.

"M ukofot pullarini biz gʻam 1.5 ming rubldan oldik, - deydi Valentina Zazdravnыx, chim ustida xotin-qizlar xokkeyida Olimpiada-80 "bronza" sovrindori. - Barcha ushlanmalarni hisobga olganda, 1200 rubl qolgan".

Avtomobillar, mebel va linoleum

Olimpiyachilar mukofot pullarini nimalarga sarflashdi? Asosan, albatta, ular qimmat xaridlar qilishgan.

© Sputnik / Sergey Lidov / Mediabankka oʻtishOlimpiyskiy chempion 1976 goda, chempion SSSR fextovalщik Viktor Krovopuskov
SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Olimpiyskiy chempion 1976 goda, chempion SSSR fextovalщik Viktor Krovopuskov

"Moskvada ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdim, - deydi qilichboz Viktor Krovopuskov. - Men mukofotni asosan mebelga sarfladim. Olimpiada arafasida menga poytaxtdan kvartira berishdi. U mutlaqo boʻsh edi va men jihozlarni sotib olishga muvaffaq boʻldim. Unda "Volga" narxi, menicha, 4,5 ming rubl boʻlgan ("Volga", modeliga qarab 10 dan 15 ming rublgacha boʻlgan -tahr.). Endi medalchilarga Qizil maydonga mashinalar kalitlari bilan yetkab kelinmoqda. Oʻsha paytlar esa mashina sotib olish huquqi uchun kurashish kerak edi. Odamlar juda koʻp edi, xohlovchilar ham koʻp edi!".

Oʻz mukofot pullarini ham yettita Olimpiya medallari sovrindori Aleksandr Dityatin ham shu tarzda sarfladi.

"Men darhol yangi mashina sotib oldim, eskisini sotib yubordim va Leningrad markazidagi toʻrt xonali uyimni toʻliq jihozladim", - dedi afsonaviy gimnast.

Boshqa bir sportchi, suzuvchi Vladimir Salnikov, Olimpiada-80da uchta birinchi oʻrinni egallagan, aytiladiganidek, tiyin-tiyinigacha aniq sarf qildi.

"Uchta oltin medal uchun men VAZ rusumli avtomashinani sotib olishga muvaffaq boʻldim, - deb eslaydi Salnikov. – Oltinchi model, 2106, lekin eksport varianti. Shu bilan tugadi".

© Sputnik / Savelyev / Mediabankka oʻtishAvtomobili marki GAZ-24 ("Volga") v tsexe gotovoy produktsii Gorkovskogo avtomobilnogo zavoda
SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtomobili marki GAZ-24 ("Volga") v tsexe gotovoy produktsii Gorkovskogo avtomobilnogo zavoda

Birinchi oʻrin uchun medal sohibi Galina Savkinaning mukofot puli esa mashinaga yetmadi.

"Ushbu pul ustiga erim bilan qoʻshimcha qarz olib, "Jiguli"ning soʻngi modelini  sotib oldik, - deydi Olimpiada-80 chempioni. – Juda hayratlanarlisi, biz mukofot puli haqida oʻylamaganmiz ham. Oʻsha paytga aql bovar qilmaydigan mukofot boʻlishini tasavvur ham qilmaganmiz. Hozirda men ham olimpiyachilarimiz uchun xursandman. Davlat mashinalarni hadya qilish imkoni boʻlsa, bu yaxshiku. Sportchilar bunga loyiq. Ammo hozir odamlar boshqacha boʻlib ketishgan. Hozirda odamlarga ragʻbatlantirish kerak va u shundagina yuqori natijalarga intiladi".

Olimpiada-80 bronza medali sovrindori Valentina Zazdravnыx ham fursatdan foydalanib, mashina sotib oldi.

"Andijonda hammamizga navbatdan tashqari mashina sotib olishga ruhsat berildi, - deb tushuntiradi sportchi. Bu tanqis ediku! Avtomobil sotib olish uchun biz bir necha yil kutishimiz kerak edi. Bizga, xokkey terma jamoasi qizlariga, kim mashina sotib olishni xohlasa navbatdan tashqari imkoniyat berildi. Mashina oddiy "Jiguli" edi. Ammo barchasi ham sotib ololmadi. Baʼzilariga esa shunchaki kerak emas edi".

Hamma ham mashina ololmadi. Barcha medal sovrindorlari shaxsiy transportiga ega boʻldi deb oʻylash xato boʻladi.

"Menga Olimpiya medali uchun ikki ming rubl miqdoridagi mukofot puli ajratildi, - deb eslaydi Olimpiada-80 kumush chempioni, oʻzbekistonlik sportchi Ruslan Yambulatov. - Men uni kvartiramni taʼmirlashga sarfladim. Aniqrogʻi uch rulon Yugoslaviya linoleumini sotib oldim, u oʻsha payt tanqis edi. Uni uch xonali kvartiramga soldim. Bitta rulonning narxi 500 rubldan oshiq edi".

Baʼzi olimpiyachilar mukofot pullarini umuman sarflamadilar.

"Men doim pullarga nisbatan bir xil munosabatda boʻlganman - men faqat oʻzimga keragini sotib olganman, oshiqcha hashamat qilmaganman, keyin shogirdlarimning ota-onalari qarz soʻrashdi, - deydi Moskva Olimpiadasining ikki karra medal sovrindori Viktor Ugryumov. – Shu tariqa hammasini berib yubordim. Hech qanday foizlar haqida gap ketmagan ham. Keyin esa qayta qurish yuz berdi, hammasi qadrsizlana boshladi, qarzlar hamon qaytarib berishmadi, lekin mening omadim chopdi – u odamlar insofli boʻlib chiqdi. Ular bilan oʻtirdik, ular mendan olgan pullarga nima sotib olganlarini va bu narsalarning hozirgi narxini hisobladik va ular kurs boʻyicha dollarda qaytarib berishdi. Shu payt birinchi nabiram dunyoga kelgan edi – barchasini qizimga berib qoʻya qoldim".

Olimpiyachi avtomobilni navbatsiz sotib olish huquqini toshkentlik doʻstiga berib yubordi.

Suzuvchi Aleksandr Sidorenko ham oʻziga sarflab oʻtirmadi. Sportchining soʻzlariga koʻra, uning otasi uzoq vaqtdan beri mashinani orzu qilgan, natijada olimpiada mukofotini medalchi otasiga berib yubordi.

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka oʻtishChempion Yevropы i mira 1978 goda, chlen Olimpiyskoy sbornoy SSSR po plavaniyu Vladimir Salnikov (sprava) so svoim trenerom Igorem Koshkinыm
SSSR olimpiyachilari oʻz gʻalabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Chempion Yevropы i mira 1978 goda, chlen Olimpiyskoy sbornoy SSSR po plavaniyu Vladimir Salnikov (sprava) so svoim trenerom Igorem Koshkinыm

Turar-joy uchun kurash

Sportchilarda mukofot puliga kirmagan  yana bir imtiyozi bor edi. Ularga Sovet Ittifoqida kvartiralar berilishi mumkin edi, bu kvartiralar ham navbatda turganlar orasida taqsimlangan edi - ular oʻn yoki undan koʻp yil kutishlariga toʻgʻri kelardi, ammo ularga tekin berilardi. Va mamlakat gʻururi boʻlgan Olimpiada chempionlariga navbatda navbatdan tashqari uy berildi.

"Olimpiadadan soʻng, erim ikkalamizga Bokuda kvartira berildi, - deydi oltin medal sovrindori Larisa Savkina. - Menga bu kvartira Garik Kasparovdan “meros” boʻlib oʻtdi, unga sport qoʻmitasidan shaxmat boʻyicha jahon chempionligiga nomzod sifatida kattaroq va yaxshigʻi berildi".

Yettita medal sovrindori Aleksandr Dityatin oʻz xizmatlari uchun Leningrad markazida toʻrt xonali kvartirani oldi. Ammo bunday baxt uchun kurashishga toʻgʻri keldi.

"Bu yashash sharoitlarini yaxshilash deb nomlanardi, chunki bundan oldin menda kichikroq kvartira bor edi, - deydi chempion. - Rafiqam, oʻgʻlim Alyosha va ota-onam bilan Olimpiada-80 gacha uch xonada yashaganmiz. Ammo biz darhol koʻchib oʻtolmadik. Leningrad shahar ijroqoʻmi raisi menga markazda toʻrt xonali kvartira uchun hujjatga imzo chekdi, ammo ayon boʻlishicha, uzoq vaqt davomida menga mos keladiganini topa olishmagan".

Natijada, sportchi tashabbusni oʻz qoʻliga olishga majbur boʻldi. Oʻrtoqlari gimnastga oʻzi uchun boshqa alternativa topish mumkinligini aytishdi va buni qanday qilish kerakligini tushuntirishdi.

"Tayyor variant bilan men kvartiralar taqsimlanadigan joyga keldim, topganimni aytdim, order berishlarini soʻradim, - deya davom ettiradi Aleksandr Dityatin. - Albatta, buni qilishni istamagan amaldorlar ham bor edi – goʻyo men kimmanki ular menga kvartira berishga majbur? Ammo barchasi yaxshi yakunlandi va sharoitlarimni yaxshilab berishdi".

Koʻp yillar oʻtgach, katta oʻgʻli allaqachon ulgʻayganida va Aleksandr Dityatin oʻz rafiqasi bilan ajrashganida, Sankt-Peterburg markazidagi "sport uyi" uchta kvartiraga almashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0