Polsha “Gazprom”ni “Shimoliy oqim-2” uchun yirik jarimaga tortdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UOKiK Rossiyaning “Gazprom”ga “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri ishi surishtiruvida hamkorlik qilmagani uchun 57,5 million dollar miqdorida jarima soldi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Polshaning monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchisi UOKiK Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri ishi surishtiruvida hamkorlik qilmagani uchun 213 million zlotiy (57,5 million dollar) miqdorida jarima soldi. 

Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim 2”ga qarshi birlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi

“Bu UOKiK vakili talabiga binoan ma’lumot taqdim etmaganlik uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan maksimal sanksiya. Bu 50 million yevroga teng”, - deyilgan xabarda.

UOKiK gap direktor Tomash Xrustnaning zarur roziligisiz gaz quvurini qurilishini moliyalashtirayotgan konsorsium ishi haqida surishtiruv o‘tkazilayotgani haqida ketayotganini tushuntirgan. 2018-yilda UOKiK bu ish yuzasidan oltita kompaniyaga aylov e’lon qilgandi: “Gazprom”, Shveysariyaning Engie, Niderlandiyaning Uniper, OMV, Shell va Wintershal.

Ta’kidlanishicha, UOKiK raisi ishga taalluqli hamda “Gazprom”ga oid hujjatlarni talab qilgan, ammo kompaniya rad javobini bergan.

Yangiliklar lentasi
0