O‘zbekistonda koronavirus: 3-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 3  avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya sharoitida dafn marosimlarini qanday o‘tkazish lozim

Bir sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 114 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 331 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 16 838 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 071 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida to‘rt bemor – Toshkent viloyatida 60 yoshli ayol va 67 yoshli erkak, Toshkentda 69 yoshli va 49 yoshli ayollar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet) bilan ham og‘rigan. O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlar o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligi
dan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 157 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dafn marosimini o‘tkazish tartibi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish tartibini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy dafn marosimlari virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Dafn marosimlarida ko‘pchilik yig‘ilmasligi lozim.

“Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari, tibbiy niqob va qo‘lqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qo‘llarini tozalab turishlari kerak. O‘zaro ko‘rishishni vaqtincha tark etish muhim”, - dedi u. Bu haqda to‘liq.

Sotrudnik restorana vozle tablichki Teper otkrito v San-Antonio - Sputnik O‘zbekiston
“Vaksinalar uchun poyga”: G‘arb Rossiyani ayblamoqda

OTB kredit mablag‘i

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga, jumladan, koronavirus pandemiyasiga barqarorligini oshirish uchun 100 million dollar miqdorda qarz mablag‘larini ajratishni ma’qulladi. Loyiha doirasida COVID-19 ga test olish, tashxis qo‘yish tizimini yaxshilash rejalashtirilmoqda. 

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18 millionga yetdi, 689 ming kishi vafot etdi, 10,7 kishi million tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,7 mln), Braziliyada (2,7 mln), Hindistonda (1,8 mln).

 

Yangiliklar lentasi
0