Afg‘onistonda “IShID qassobi” laqabli razvedka boshlig‘i o‘ldirildi

© AP Photos / Allauddin KhanBoyevik dvijeniya "Taliban"
Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi “Xuroson” bo‘linmasining razvedka boshlig‘i Assadulla Orakzai o‘ldirildi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Afg‘onistonda “Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasining (ID yoki IShID Rossiyada taqiqlangan) “Xuroson” bo‘linmasining razvedka boshlig‘i Assadulla Orakzai o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik idorasida ma’lum qilishdi.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati 4 mingdan ziyod mahbus toliblarni ozod qildi

Xabarda aytilishicha, Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan Nagarxar provinsiyasi hududida 1-avgust kechqurun IShID a’zosini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazildi.

Idorasi maxsus operatsiya tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Orakzai tinch aholiga hujumlarni uyushtirish va IShID tarkibida raqiblarni “tozalash” ishlarini amalga oshirgan. Bu xatti-harakatlar tufayli unga “IShID qassob” laqabini olgan.

So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0