AQShda O‘zbekistondan kelayotgan "urug‘ jo‘natmalar"ning siri oshkor qilindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishProverka pochtovix otravleniy
Proverka pochtovix otravleniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh xukumati fuqarolardan shubhali urug‘larni ekmasliklarini va agar ular ekilgan bo‘lsa ham ularni yo‘q qilishlarini so‘ragan.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Bir necha kun oldin AQSh fuqarolariga kelgan sirli jo‘natmalari haqida yozgan edik.

Jo‘natmalar O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston va Malayziyadan yetib kelgan, ammo oluvchilarning o‘zlari hech narsaga buyurtma  bermaganliklarini xabar qilishmoqda.

© The New York TimesV SShA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnie semena iz Uzbekistana i drugix stran
AQShda O‘zbekistondan kelayotgan urug‘ jo‘natmalarning siri oshkor qilindi - Sputnik O‘zbekiston
V SShA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnie semena iz Uzbekistana i drugix stran

Ammo tarkibida shubhali narsalari bor jo‘natmalar kamida 150 manzilga yuborildi.

Kelib chiqishi noma’lum urug‘lar ekspertizadan o‘tkazish uchun AQSh Qishloq ho‘jaligi vazirligiga yuborildi. Avvalroq, idora urug‘lar invaziv bo‘lishi mumkinligini,ya’ni mahalliy o‘simliklarning kasalliklarini keltirib chiqarishi yoki chorva uchun zararli bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Endilikda ular aniqlandi.

"Biz 14 xil urug‘larni, shu jumladan xantal, karam, ipomeya va yalpiz, shalfey, rozmarin, lavanda va boshqa urug‘larni, shuningdek gibiskus va atirgulni aniqladik", - dedi hayvonlar va o‘simliklar salomatligini nazorat qilish xizmati rahbari o‘rinbosari Usama El-Lissi Business Insider nashriga bergan intervyusida.

Idora, shuningdek, bu, buyurtma bermagan odamlarga posilkalar yuborish orqali tovarlarning reytingini sun’iy ravishda oshirish maqsadida internet-do‘konlar sotuvchilarining keng tarqalgan firibgarligi bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi.

© Business InsiderV SShA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnie semena iz Uzbekistana i drugix stran
AQShda O‘zbekistondan kelayotgan urug‘ jo‘natmalarning siri oshkor qilindi - Sputnik O‘zbekiston
V SShA jiteli 27 shtatov poluchili podozritelnie semena iz Uzbekistana i drugix stran

"Ushbu firibgarliklar kamdan kam uchraydigan holat emas. Bu firibgarliklarda onlayn sotuvchilar odamlarga mahsulotni buyurtma bermagan foydalanuvchilarga yuborish uchun pul to‘laydilar. Shunday qilib, soxta sharhlar va katta hajmdagi jo‘natmalar sotuvchining savdosi va qidiruv tizimidagi mavqeyini oshirishi mumkin", - deya qo‘shimcha qildi Usama El-Lissi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati fuqarolardan shubhali urug‘larni ekmasliklarini va agar ular ekilgan bo‘lsa ham ularni yo‘q qilishlarini so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0