O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 150 nafardan oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19
Lechenie bolnix s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati va Toshkent shahrida navbatdagi koronavirusdan o‘lim holati kuzatildi. Jami qurbonlar soni 151 nafarga yetdi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallangan andijonlik va toshkentlik fuqarolar vafoti haqida xabar qildi.

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da COVID-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 ning o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Tun davomida Samarqandda rekord darajada koronavirus aniqlandi

U o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Poytaxtning Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol)da COVID-19 tasdiqlangan va tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 ning o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir  yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 151 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0