Qozog‘istonda yangilangan koronavirus va pnevmoniya statistikasi: bir kunda 66 ta o‘lim

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOborudovanie reanimatsionnoy palati
Oborudovanie reanimatsionnoy palati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda yangilangan koronavirus va pnevmoniya statistikasi e’lon qilindi. Bir kun davomida 36 kishi koronavirusdan, 30 kishi esa pnevmoniyadan vafot etdi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi birlashtirilgan koronavirus va pnevmoniya statistikasini taqdim etdi. Yangilangan statistika birinchi avgustdan olib boriladi.

1 avgust kuni laboratoriyada 1226 kishida COVID-19 tasdiqlangan. 36 kishi undan vafot etgan.

Shuningdek, 1-avgust kuni 5 181 kishi laboratoriyada aniqlamagan, biroq koronavirus infeksiyasining klinik va epidemiologik belgilari bor pnevmoniyaga chalingan. Bir kunda shunday tashxis qo‘yilgan 30 nafar bemor vafot etgan.

Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Tun davomida Samarqandda rekord darajada koronavirus aniqlandi

“Koronavirus infeksiyasi va pnevmoniyani ro‘yxatga olishning o‘zgartirilgan yondashuvi zaruriy zaxiralarni: tibbiyot kadrlari, o‘rinlar, tibbiyot jihozlari, dori-darmonlarni mos ravishda rejalashtirish, kasallanishning to‘g‘ri prognoz qilishga imkon beradi”, - deyilgan mamlakat vazirligi xabarida.

Iyun oyida Qozog‘istonda pnevmoniya bilan kasallangan va vafot etgan keskin o‘sgandi. Ularning ko‘pchiligida koronavirusga o‘xshash belgilari bo‘lgan, biroq PZR tahlili manfiy bo‘lgan.

JSST bilan maslahatlashgandan so‘ng Qozog‘iston SSV koronavirus va noma’lum pnevmoniya statistikasini birlashtirishini ma’lum qilgandi.

Qayd etish joizki, 17-iyuldan Qirg‘iziston ham koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirgandi U07.1 kodi (laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19) va U07.2 (klinik-epidemiologik tasdiqlangan COVID-19 - kasalxonadan tashqari pnevmoniya) kodi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 91 591 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. 61 839 kishi kasallikni yenggan. Jami 793 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0