O‘zbekistonda koronavirus: 31-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishSentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC
Sentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 502 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

O‘zbekiston musulmonlari pandemiya paytida Qurbon hayitni qanday nishonlashdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston musulmonlari pandemiya paytida Qurbon hayitini qanday nishonlashdi

Bir sutka davomida 502 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Buxoro viloyatida, 19 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 524 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 14 204 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 430 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida uch bemor - Toshkentda 55 yoshli erkak, 67 yoshli va 60 yoshli ayollar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Hamroh kasalliklar (qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya) bilan ham og‘rigan. O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 139 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Navoiy viloyati hokimi koronavirusga chalindi

Navoiy viloyati hokimi Toshkent shahrida davolanmoqda. Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov 27-iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda.

Tursunov o‘tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq  ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda.

Zagraznenie vozduxa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan ham xavfliroq: Olimlar yangi tahdid haqida

Avtomobillar harakatiga cheklov

Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2 avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika bo‘ylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.

Hayit bayramini oila davrasida, kamtarona, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish tavsiya etiladi.

Yangi davolash markazi

Zangiotadagi “Nazarbek” sanatoriyasi koronavirus bemorlarini davolash kompleksiga aylantirildi. Bemorlarni davolashga 90 nafar tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 17,3 milliondan oshdi, 673 ming kishi vafot etdi, 10,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,5 mln), Braziliyada (2,6 mln), Hindistonda (1,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0