VW Caddy - oddiy "bo‘g‘irsoq tashuvchi" emas

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yaqinda sotuvga chiqarilgan, “Jizzax Avto” zavodida 2022-yilda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan VW Caddu avtomobili haqida biz nimalarni bilamiz?

Sizning oilangiz katta, yoki ishxonangiz uchun ham odam tashish ham kichik yuklarni tashishga mo‘ljallangan universan avtomobil kerak bo‘lsa - VW Caddy buni eplay oladi, deyilgan kompaniya saytida. 

Darhaqiqat, ushbu kichik furgon avtomobilining ustuvor tomonlari bir necha: 

  • 7 kishigacha odam
  • 750 kilogacha yuk
  • 3 metr kubgacha hajm
  • boshqarishda yengil avtomobildek qulay va ishonchli

Bu ham yetmasa Yevropa avtomobillariga xos bo‘lgan bejirim lekin did bilan yaratilgan tashqi ko‘rinish uzoq yillar davomida "modadan qolmaydi" va joningizga tegmaydi. Shuningdek avtomobil ekspertlari uni Folksvagenga xos bo‘lgan ergonomika va sozlangan boshqaruvchanlik xususiyati borligini e’tirof etishgan. 

Bularning barchasi mujassam bo‘lgan avtomobilni endi O‘zbekistonda xarid qilish mumkin. Ikki yildan so‘ng esa u Jizzaxdagi avtomobil zavodida ishlab chiqarila boshlanadi. O‘shanda balkim narxi ham arzonroq bo‘lar. 

Yevropaning ommaviy tijorat avtomobili bo‘lgan VW Caddy haqida batafsil infografikamizda tanishing. 

 

Yangiliklar lentasi
0