Pensiyalar 10 foizga oshiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi sentabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Prezident farmoni bilan 2020-yil 1-sentabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam tarqatiladi

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;

- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;

- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0