O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan, Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishMedsestra stavit kapelnitsu patsiyentu
Medsestra stavit kapelnitsu patsiyentu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Shodmonov gospitalga yotqizildi

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda: “U respirator muolajalar olmoqda, o‘pkani sun’iy shamollatish tartibida davolanmoqda. Uni Turkiya yo boshqa biror joyga olib chiqish haqida gap yo‘q”.

SSV axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev:

“Hech bir bemor Turkiyaga ketgani yo‘q. Turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi og‘ir ahvoldagi bemorlar bo‘yicha onlayn konsultatsiya qilish uchun tashrif buyurgan. Ushbu bemorlar qatorida Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov holati bo‘yicha onlayn konsultatsiya bo‘ldi, davolash standartlariga tuzatishlar kiritildi”.

 

Yangiliklar lentasi
0