COVID-19 suvda qancha yashaydi - yangi tadqiqot

© AFP 2023 / Valery HacheDeti igrayut pod struyami fontanov v Nisse, Fransiya
Deti igrayut pod struyami fontanov v Nisse, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Vektor" virusologiya markazida koronavirusning suvda yashovchanligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Yaqinda olimlar SARS-CoV-2 virusi xlorlangan va dengiz suvlarida ko‘paymaydi, ammo hanuz tirik qoladi degan xulosaga kelishdi.

Rospotrebnadzor mutaxassislari koronavirusning bunday suvda hayotiyligini qancha vaqt saqlab turishini aytishdi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 virusning 90 % 24 soat ichida, va barcha patogenlarning 99,9 foizi 72 soat ichida haloq bo‘ladi.

Shu bilan birga, virusning o‘lishi vaqti to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvning haroratiga bog‘liq: agar xona haroratida zarralar 3 kun ichida butunlay halok bo‘lsa, qaynatilganda esa – bir zumda yo‘q bo‘ladi.

Ilgari, olimlar shuningdek, COVID-19 qayerdan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini o‘rganib chiqdilar va shov-shuvli xulosaga kelishdi: virus Xitoyning Uxanda tarqalishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, ammo uxlayotgan holatda bo‘lgan.

Virus izlari 2019-yilda Ispaniya, Italiya va Braziliyada oqava suv namunalarida topilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, COVID-19 doim bo‘lgan, ammo uni nimadir kutilmaganda faollashtirgan.

Shu bilan birga, BSSTda ta’kidlashlaricha, dunyoda COVID-19 ning tarqalishi, mamlakatlarning infeksiyaga qarshi kurash choralariga qaramay, tezlashmoqda.

Umuman olganda, pandemiya boshlangandan beri dunyo bo‘ylab 17 milliondan ortiq infeksiyalanish holatlari aniqlanib, 667 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi va deyarli 10 millioni tuzaldi.

Yangiliklar lentasi
0