Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, xotirjamlikka berilish va shifokorlar tavsiyasini unutish uchun hech qanday sabab yo‘q.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi.

Uning ta’kidlashicha, iyun va iyul oylarida Rossiyada koronavirus bilan kasallanish soni asta-sekinlik bilan kamaymoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlari may oyiga qaraganda ikki baravarga kamroq.

Shpris s lekarstvom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi emlash 15-avgustdan boshlanishi mumkin

“Shu bilan birga shuni aytmoqchimanki, vaziyat murakkabligicha qolmoqda, har qanday tomonga tebranishi mumkin. Aynan shuning uchun biz siz bilan to‘plandik”, - dedi u Rossiyadagi sanitariya-epidemiologik vaziyatga oid yig‘ilishda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Putin xotirjamlikka berilish va shifokorlar tavsiyasini unutish uchun hech qanday sabab yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlangandan buyon 828 900 ta COVID-19 bilan kasallanish qayd etilgan. Bugunga kelib 620 333 bemor tuzalib ketgan. 13 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0