Hodisalar

Jasliqda YTH: ikki yuk mashinasi yonib kul, bir haydovchi esa qurbon boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoʻngʻirot tumanida 26 yoshli haydovchi Ukraina fuqarolari boshqarib kelayotgan ikkita VOLVO yuk mashinasiga borib urilgan.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda uchta yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

YTH 23 iyul kuni Qoʻngʻirot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yigʻini hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 1009-1010 kilometrida sodir boʻlgan. DAF FT XF 105 yuk mashinasining haydovchisi 26 yoshli SH.S. yoʻlda boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan VOLVO yuk avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilgan.  Soʻngra undan keyingi yana bir VOLVO ning oldi tomoniga urilib ketgan. Har ikki VOLVO mashinasi haydovchilari Ukraina fuqarolari.

Goryaщiy avtomobil. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda yoʻl oʻrtasida “Tico” mashinasi yonib ketdi

YTH oqibatida DAF FT XF 105 haydovchisi hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan. Bundan tashqari, DAF FT XF 105 ikkinchi VOLVO da yongʻin kelib chiqib, har ikkalasi butunlay yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0