TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Futbol maydoni kattaligida boʻlgan 2009 PQ1 asteroidi avgust oyi boshida Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Bu haqda AQSH milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasining (NASA) boʻlinmasi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, samoviy jismning diametri 84 metrdan 190 metrgacha. Asteroid 5 avgust kuni Yerdan 3,2 million kilometr masofada soniyasiga 13,4 kilometr tezlikda uchib oʻtadi.
Asteroid 2009 yil 14 avgustda aniqlangan. U “Apollonlar” guruhiga tegishli boʻlib, uning parvoz yoʻli Yer orbitasini kesib oʻtadi. Keyingi safar 2009 PQ1 asteroidi 2137 yilda Yerga yaqinlashadi.
Eslatib oʻtamiz, 29 aprelda diametri toʻrt kilometrgacha boʻlgan № 52768 (1998 OR2) asteroid Yer yaqinidan oʻchib oʻtgandi.