Hodisalar

Namanganda yengil avtomobil "Tez yordam"ga borib urildi, bir kishi halok boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avariya, 26 iyul yakshanba kuni - Oʻzbekistonda miqyosida avtotransport vositalarining harakati toʻliq toʻxtatilgan kunda sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 28 iyul - Sputnik. Namangan viloyatida yengil avtomobil va "Tez yordam" mashinasi oʻrtasida avtohalokat sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston IIV.

Avariya  v Beruniyskom rayone Karakalpakstana v rezultate kotoroy pogibli 4 cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Karantin choralari tufayli Oʻzbekiston yoʻllarida oʻlim holatlari 40%ga pasaydi

Avariya, 26 iyul yakshanba kuni - Oʻzbekistonda miqyosida avtotransport vositalarining harakati toʻliq toʻxtatilgan kunda sodir boʻlgan. 

Xabarga koʻra, yengil avtomobil haydovchisi yoʻllarda tirbandlik yoʻqligi tufayli tezlikni oshirgan va natijada boshqaruvni yoʻqotib, qarama qarshisida kelayotgan "Damas" rusumli "Tez yordam" mashinasiga borib urilgan. 

Hodisa "Kobalt" haydovchisi koʻkrak qafasi yumshoq toʻqimasi lat yeyishi bilan shikastlangan.

"Tez tibbiy yordam" avtomobili haydovchisi esa ogʻir qoʻshma shikast, bosh miya yopiq shikasti, oʻng oyoq son suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Tez yordam" mashinasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro esa ogʻir tan jarohati olib, koʻrsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0