Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi

Obuna bo‘lish
Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi. 26-iyul kuni bayram paradlari butun mamlakat bo‘ylab - Kamchatkadan Boltiq dengizigacha o‘tkazildi.

An’anaga ko‘ra, bayram Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vladivostokda nishonlandi, unda Tinch okean floti kemalari va harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.

Asosiy parad Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tabrik nutqi bilan so‘zga chiqdi.

Finlyandiya ko‘rfazi bo‘ylab 40 dan ortiq kemalar suzib o‘tdi, ular orasida rekonstruksiya qilingan "Poltava" harbiy kemasi ham bor, shundan so‘ng paradning aviatsiya qismi bo‘lib o‘tdi. Shimoliy poytaxt ustidan 40 tadan ortiq samolyot parvoz qildi va Su-25 osmonni Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yadi.

Dengiz paradlari Sevastopol, Baltiysk va Severomorsk shaharlarida, shuningdek, Kaspiy flotilasi joylashgan Dog‘istonning Kaspiysk shahrida birinchi marta bo‘lib o‘tdi. Suriyada Rossiya harbiy xizmatchilari ham o‘zlarining kasb bayramlarini nishonladilar: Tartus portida parad o‘tkazildi.

Harbiy-dengiz floti kunining eng yorqin lahzalari - videomizda.

Yangiliklar lentasi
0