TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston aholisi 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, 34 mln 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, aholining 17 mln 195,9 ming kishisi erkaklar va 16 mln 995,8 ming kishisi ayollarni tashkil etgan.
Jami aholidan 17 mln 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 mln 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
6 oy mobaynida 75,5 mingta nikohlar qayd etilgan bo‘lsa, 12,8 mingta ajrim holatlari kuzatilgan.