Caddy, Largus va Damas – o‘xshashi yo‘qlar orasida murosali tanlov

Obuna bo‘lish
Agar sizda tez-tez 5-6 kishini u yer bu yerga olib orish yoki unchalik katta bo‘lmagan yuklarni tashishga ehtiyoj tug‘ilsa yoki odam va yuklarni birgalikda tashish kerak bo‘lsa, O‘zbekistonda qanday avtomobil sotib olish mumkin?

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Bugun, Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobilining 3ta modifikatsiyasi taqdim etildi. Narxi 172 - 221 million so‘m orasida bo‘lgan avtomobillar yuk tashish, odam va yuk tashish hamda faqat odam tashishga mo‘ljallangan modifikatsiyalari bor. 

Taqdimotdan so‘ng 200 millionga Caddy kimga kerak, uni o‘rniga 130 millionga Lada Largus qaytim 75 millioniga Damas  olsa ham bo‘ladi-ku, degan xayollar bugun ko‘pchillikning boshiga kelgan bo‘lsa ajab emas. Biz ushbu tanlovga biroz aniqlik kiritishga harakat qildik.

VW Caddy – eng zo‘rimi?

Kichik furgonlar orasida u dunyoda eng ko‘p sotiladigani - har yili 1,5 millionta. Caddy ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, Yevropaning eng yaxshi tijorat avtomobili, Rossiyada - yil avtomobili bo‘lgan. Agar sizga qulay va ishonchli, xushbichim tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan avtomobil kerak bo‘lsa, bu albatta - Caddy.

Uning yaxshi sozlangan boshqariluvchanligi, interyeridagi materiallar sifati va ergonomikasi – o‘z sinfida eng yaxshidir. Ustiga-ustak, ressorali yurish qismiga ega bo‘lgan Caddy og‘irligi 700 kilogramgacha va hajmi 3 metr kubgacha bo‘lgan yuklarni tashish imkoniga ega. Lekin narxi ham "otning kallasidek" – 172 – 221 mln. so‘m.

Bu pulga 3ta Damas olsa bo‘ladi-ku, deyish mumkin albatta hisob-kitobni yaxshi ko‘radiganlar. Ha, mumkin, lekin narx har doim ham eng muhimi emas.

Largus – taksichilar avtomobili

Lada Largus – allaqachon uzoq masofalarga odam va yuk tashiydigan taksichilarning sevimli avtomobiliga aylangan. Narxi 125-130 mln. so‘m bo‘lgan ushbu avtomobil  ko‘p jihatdan Caddyga o‘xshash.

Largus ham 5 - 7 o‘rinli yoki 700 kilogramgacha yuk tashuvchi metall furgon bo‘lishi mumkin. Lekin yukxona maksimal hajmi 2,5 metr kub, uning prujinalik podveskasi uchun optimal og‘irlik esa – 500 kg gacha.

Largusning so‘zsiz ustuvorligi – uzoq masofalarda yaxshi bilinadi. Uning uzun bazasi – to‘g‘ri yo‘lda avtomobil harakatini  turg‘unlashtiradi, kuzov tomining pastligi esa – yonilg‘i tejashda va boshqaruvni osonlashtirishda yordam beradi. Yo‘lovchilarni mindirib, yuklarni ortib – uzoq yo‘lga marhamat.

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishLada Largus na konveyere "AvtoVAZa"
Caddy, Largus va Damas –  o‘xshashi yo‘qlar orasida murosali tanlov - Sputnik O‘zbekiston
Lada Largus na konveyere "AvtoVAZa"

Damas – arzon, lekin arziydimi?

Ulkan yukxona, ressorali yurish qismi va 500 kg yuk ko‘tarish quvvatiga ega, lekin motor hajmi 0.8 m3, yonilg‘i sarfi – 8,5 litr. Komfort, va boshqariluvchanlikni gapirmasa ham bo‘ladi. Narxi – bor-yo‘g‘i 75 mln. so‘m.  

Xavfsizlik – ushbu avtomobilni sotib olishda ko‘p xaridorlar uchun eng muhim masalaga aylandi. Dastlab 1980-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobilda birorta ham xavfsizlik yostiqchasi yo‘q, haydovchidan avtomobilning old qismigacha – 20 sm, kichkina ingichka g‘ildiraklar ustiga o‘rnatilag juda baland kuzov - axir bu avtomobilda tezlikni 80kmdan oshirish xavfliku?  Nima sababda u hech qachon Yevropada yoki Amerikada sotilmaganini tushunsa bo‘ladi...  

Unda yuk va odamlarni yaqin masofalarga tashish mumkin, albatta, lekin juda juda ehtiyotkorlik bilan.

© StringerAvtomobil "Deu Damas"
Caddy, Largus va Damas –  o‘xshashi yo‘qlar orasida murosali tanlov - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil "Deu Damas"

Xulosa o‘rnida

O‘zbekistonda sotuvda yana bir avtomobil paydo bo‘lgani – bu albatta quvonarlidir. Mayli yangi avtomobil ancha qimmat bo‘lsa ham. Asosiysi - xaridorlarda tanlov imkoniyati paydo bo‘ldi, hech bo‘lmasa universal avtomobillar orasida.

Yangiliklar lentasi
0