Andijonda 21 kishi ishtirokidagi yirik janjalning oldi olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto
Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonobodda 16 nafar o‘smir tengdoshi va uning otasini urmoqchi bo‘lib to‘plangan. Bundan IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Andijon viloyatida 21 kishi ishtirokidagi katta bezorilikning oldi olindi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

22 iyul kuni Xonobod shahar “Kampirrovot” MFYda yashovchi 36 yoshli O.M. farzandi 16 yoshli A.N. bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi. Ota farzandini Obi-hayot ko‘chasiga olib borib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar – 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P.ning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘raydi. Shundan so‘ng dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A. bilan o‘g‘lini birga-bir urushtirgan.

Bilyardnie shari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikki bezori bilyard klubi boshqaruvchisini do‘pposladi

Janjal vaqtida M.A.ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M. farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, M.A. va O.A. ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorini chaqirib, ota-bolani urmoqchi bo‘lib, “Kampirrovot” MFYda to‘plangan.

Bundan shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan. Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0