O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so‘radi – video

© Mejdunarodniy press-klubZamestitel premyer-ministra po voprosam sotsialnogo razvitiya Bexzod Musayev
Zamestitel premyer-ministra po voprosam sotsialnogo razvitiya Bexzod Musayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Behzod Musayev karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so‘radi va bu majburiy chora bo‘lganini ta’kidladi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so‘radi va bu majburiy chora bo‘lganini ta’kidladi.

“Birinchi navbatda karantin cheklovlarini uzaytirish orqali ayrim aholi qatlamlariga noqulayliklar yaratishga majbur ekanligimiz uchun uzr so‘rayman. Transportda yurishga, ish faoliyatini tiklashga, bozorlardagi tadbirkorlarga, umuman, hozirgi kunda ishini to‘xtatib turgan odamlardan uzr so‘rashimiz kerak. Chunki biz majburmiz. Birinchi pirovard maqsad aholi sog‘lig‘ini, hayotini saqlab qolishdir. Buning uchun nima ish qilish kerak bo‘lsa, qilishimiz kerak. Bizga vaqt kerak. Ayrim faoliyat turlari yana ozgina birgalikda sabr qilib tursa, kasallikning oldini olish bo‘yicha birinchi galdagi vazifalarimizni amalga oshirsak, undan keyin hammasini tiklab olamiz. Karantin cheklovi uzaytirilishi hukumatga, hokimiyatlarga davolash tizimini yaratishga imkoniyat beradi”, — dedi Musayev.

Shuningdek, u har bir kishi o‘zini ehtiyot qilishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishi zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15-avgustiga qadar uzaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0