TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Sardoba tumanida evakuatsiya qilingan aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.J. Sardoba tuman 21-sonli maktabga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlagan. Shu yo‘l bilan 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.
Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.