Senator Pushkov migrant oldida tiz cho‘kkan moskvalik ustidan kuldi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPredsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po mejdunarodnim delam Aleksey Pushkov
Predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po mejdunarodnim delam Aleksey Pushkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pushkov o‘zining telegram-kanalida bu singari "amerika modasiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishlar" "ikkilamchi va mustaqil bo‘lmagan" odamlarga xosligini aytgan

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Federatsiya kengashining Axborot siyosati va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar komissiyasi rahbari Aleksey Pushkov mehnat muhojiri oldida tiz cho‘kkan moskvalik erkakning ustidan kuldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rabochie iz Uzbekistana, spasshie rebenka v Podolske - Sputnik O‘zbekiston
Podolskda o‘zbekistonlik migrantlar yosh bolaning hayotini saqlab qolishdi

Sal oldin Moskvada yashovchi Aleksandr Andrianov o‘zining "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida rossiyaliklar migrantlar haqida o‘ylamasliklari, ko‘chalar ozodaligi, uyga yetkazib berilayotgan ovqatlar va qurilayotgan uylar uchun ulardan minnatdor bo‘lmayotganliklari haqida achinib yozgan edi.

U shuningdek, Migrants Lives Matter harakati vujudga kelganini ma’lum qilib, ushbu yozuv aks etgan futbolkada o‘zining spetsovka kiygan erkak oldida tiz cho‘kib, migrant poyabzalini artgani aks etgan videoni ommaga e’lon qildi.

Pushkov o‘zining telegram-kanalida OAVlarda yoritilgan ushbu hodisa haqidagi xabarlar skrinshotini joylashtirdi va bu singari "amerika modasiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishlar" "ikkilamchi va mustaqil bo‘lmagan" odamlarga xosligini aytdi.

Sizlarni sevamiz: Kaliforniyada politsiyachi namoyishchilar oldida tiz cho‘qdi - Sputnik O‘zbekiston
Sizlarni yaxshi ko‘ramiz: AQShda politsiyachi namoyishchilar oldida tiz cho‘kib kechirim so‘radi

"Ishonamanki, ushbu hatti harakat va ifodalab bo‘lmas dahshat - g‘alati istisno sifatida qoladi. Axir bu yerda o‘zlashtirilgan poza va ichki bo‘shliqdan boshqa hech narsa yo‘q", deya xulosa qilgan rossiyalik senator.

Sal oldin Mineapolisda politsiyachilar qora tanli Jorj Floydni o‘ldirib qo‘yishganlaridan keyin AQSh shaharlarini norozilik va tartibsizliklar to‘lqinlari qamrab olgan edi. Internetlarda paydo bo‘lgan videoda politsiyachilar Floydning qo‘liga kishan taqib, uni yerga yiqitishgani va uchovlashib uning ustiga chiqib olishgani, politsiyachilardan biri Floydning bo‘yniga tizzasini qo‘ygani aks etgan edi. Floyd videoda bir necha marotaba nafas ololmayotgani haqida takrorlaydi, so‘ngra jimib qoladi. U reanimatsiyada vafot etgan.

Tartibsizliklardan so‘ng to‘rt politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri qotillikda ayblandi.

Shuningdek, tarmoqlarda politsiyachilar amerikaning tartibsizliklar qamrab olgan shaharlarida norozilik namoyishchilari oldida tiz cho‘kishgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ottavada irqchilik va politsiyachilar shafqatsizligiga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan Kanada bosh vaziri Jastin Trudo ham halok bo‘lgan Floyd xotirasiga tiz cho‘kkan edi.

Yangiliklar lentasi
0