O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanadi - prezident qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu
Xodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti qarorida aytilgan.

Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi hayit namozini jamoat joylarda o‘qishni bekor qildi

"Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin", - deyiladi xabarda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0