TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Ramzan Qodirov AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoga qarshi Chechenistonda mavjud boʻlgan barcha sanktsiyalarni kiritdi.
Qodirov Pompeoga Chechenistonga tashrif buyurish haqidagi taklifnomasini bekor qildi.
“Respublikada mavjud boʻlgan barcha, bank hisob raqamlarini bloklashgacha boʻlgan sanktsiyalarni joriy etilishini eʼlon qilaman. Ular menga qarshi xuddi shunday qilishdi”, - dedi Checheniston rahbari.
Qodirov uning rafiqasi va qizlari Amerika cheklovlar roʻyxatiga kiritilgani yuzasidan taajjub izhor etdi.
“Amerikaning eng jiddiy sanktsiyalar “Magnitskiy roʻyxati”ga hech qanday dalilsiz, sudsiz kiritishdi. Hozir meni qoʻshishgan roʻyxat faqat kirishga taqiqni nazarda tutadi, ungacha esa otlar, mushuklar, itlar – hammasini kiritishgan edi, plyus yana uyalmasdan yangi roʻyxatga kiritishyapti. Agar men jinoyat sodir etgan boʻlsam, unda mening farzandlarimning bunga qanday aloqasi bor? Turmushga chiqqan qizlar otasining gunohlari uchun javobgarligi qayerda yozilgan? Rafiqam, umuman hech qayerga, na siyosat, na boshqa joyga aralashmaydi, uning qanday aloqasi bor?", - deb taʼkidladi Checheniston rahbari.
AQSH Davlat departamenti Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni inson huquqlari buzilishida ishtirok etadigan shaxslar qora roʻyxatiga kiritilganini eʼlon qilgandi. Qodirovning rafiqasi va qizlari ham sanktsiyalar ostida qolishdi.