Hodisalar

Moskvada ozarbayjonlar va armanlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi - video

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kuni kecha Moskvada ozarbayjonlar va armanlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. Moskva IIBB maʼlum qilishicha, hodisa Lyublinskaya va Bratislavskaya koʻchalarida sodir boʻldi. 13 kishi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Kuni kecha Moskvada ozarbayjonlar va armanlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Guvohlar mojaroni videoga olishdi.

Videoda bir kishi avtomobil old oynasini sidirayotgani, boshqa kishi esa haydovchini kaltaklayotgani aks etgan.

Keyinchalik Rossiya armanlar uyushmasi rahbari David Tonoyan Facebook sahifasida bu mushtlashuvda uning tanishi pichoqlanganini maʼlum qildi, biroq tavsilotlarini oshkor qilmadi va vatandoshlarini vahimaga berilmaslikka chaqirdi.

Moskva IIBB maʼlum qilishicha, mushtlashuv Lyublinskaya va Bratislavskaya koʻchalarida sodir boʻldi. 13 kishi qoʻlga olindi.

Yangiliklar lentasi
0