Siyosat

Markaziy Osiyo davlat yetakchilari Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻiston, Turkmaniston va Tojikiston rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklashdi.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Vrach v zapotevshix zaщitnыx ochkax vo vremya rabotы v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutladi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston rahbari prezidentni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga farovonlik tiladi.

Suhbat chogʻida davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston prezidenti Oʻzbekiston rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0