Rossiya chegarasida sal kam 800 nafar migrant qolmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishMigrant na granitse
Migrant na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samara viloyatidagi chegara yaqinida tashkil etilgan lagerda 676 nafar O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. Ayni vaqtda fuqarolarni vatanga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Migrantlar Rossiya Samara viloyatida chegara yaqinida tashkil etilgan lagerga kelishni davom etmoqda.

Rabochie iz Uzbekistana, spasshie rebenka v Podolske - Sputnik O‘zbekiston
Podolskda o‘zbekistonlik migrantlar yosh bolaning hayotini saqlab qolishdi

O‘tgan hafta O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari olib ketilganidan keyin, chegarada 793 kishi qolmoqda, deb xabar beradi Samara viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakilining matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, chegarada asosan 676 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 117 nafar Tojikiston fuqarolari to‘plandi. Ular orasida 16 nafar ayol va 3 nafar bola.   

Viloyat ombudsmanining matbuot xizmatida berilgan ma’lumotga ko‘ra, odamlarni o‘z vatanlariga yuborish masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarga ishonib, rus-qozoq chegarasida to‘planib qolgan edi. Elchixona Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ragan edi.

Transport vazirligi 16-iyulda Samara va Orenburg viloyatlaridan O‘zbekiston fuqarolari temir yo‘li orqali vatanga qaytarilishini ma’lum qilgandi. Ikkita yo‘lovchi poyezd 1404 nafar yo‘lovchi bilan Kinel (Samara viloyati) bekatidan va yana biri 702 nafar yo‘lovchi bilan Buzuluk (Orenburg) bekatidan yo‘lga chiqqandi. Fuqarolarni rus-qozoq chegarasidan olib ketish tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0