"Yermak" O‘zbekistonga nimasi bilan ma’qul keldi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiyadan 5ta "Yermak" rusumli yangi yuk elektrovozlari sotib olgan edi. Dunyoda eng quvvatli hisoblanadigan ushbu elektrovozlar nimalarga qodir ekanini infografikamizda tomosha qiling.

Yaqinda Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz namoyish etilgan edi. Yil yakuniga qadar yana shunday elektrovozlarning uchtasi keltirilishi rejalashtirilgan.

"Yermak" Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatga teng. Harakatdagi minimal tezligi 49,9 kilometr/soatni, eng yuqori tezligi 110 kilometr/soatni tashkil etadi.

Ushbu temir yo‘l pahlavonining ustuvorlik tomonlari quyidagilardan iborat: 

  • seriyali model
  • foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish oson
  • ehtiyot qismlar topish oson
  • yuqori yuk ko‘tarish xususiyatiga ega
  • relyef va og‘ir sharoitlarga chidamli

Rossiyaning Novocherkassk elektrovagon zavodida ishlab chiqilgan ushbu elektrovoz haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0