AQSh Xitoydan Xyustondagi bosh konsulxonasini yopishni talab qildi

© AP Photo/Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekin Vashingtonni qarorni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi, aks holda “qat’iy javob” berilishi bilan ogohlantirdi.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. AQSh Xitoydan Texas shtati Xyuston shahridagi bosh konsulligi uch kun ichida yopilishini talab qildi. Bu haqda XXR TIV vakili Van Venbin ma’lum qildi.

Avvalroq bu haqda Xitoyning Global Times nashri bosh muharriri yozgandi va ro‘y bergan vaziyatni “telba qadam” deb atagan edi.

Gosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy. - Sputnik O‘zbekiston
"Gonkong avtonomiyasi" Xitoy va AQSh munosabatlarini keskinlashtirmoqda

Pekin Vashingtonni qarorni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi, aks holda “qat’iy javob” berilishi bilan ogohlantirdi.

Fox News nashri xabariga ko‘ra, bir kun oldin Xyustondagi diplomatik vakolatxona binosida hujjatlar yoqib yuborilgan.

AQSh-Xitoy munosabatlari tarangligicha qolmoqda. Tomonlarning o‘zaro iqtisodiy da’volari bor. Bundan tashqari, Amerika ma’muriyati Xitoyni yangi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida nohaq ma’lumot berishda ayblamoqda. O‘z navbatida, Xitoy Vashingtonning mamlakat ichki ishlariga, xususan Pekin va Gonkong o‘rtasidagi munosabatlarga aralashayotganidan norozi.

Yangiliklar lentasi
0