Kredit mablag‘larini “yevorgan” bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan shahrida 200 mln so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Namangan shahrida 11 nafar fuqarolarning xabardorligisiz 200 mln so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirgan bank xodimlarining faoliyati fosh etildi.

Rabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
O‘rikdagi nasha: xatirchilik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.D.” MChJ rahbari D.I. AT “Xalq banki” Namangan viloyati filiali mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, rasmiy hujjatlarni takroran qalbakilashtirish orqali 11 nafar fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz 200 mln so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari D.I. va filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0